Odam 91%Zonada: 1 odamKuzatuv zonasi
Kadrda eshik, kassa yoki darvoza atrofini chizing. Faqat shu yerga kirgan odam yoki mashina sanaladi, ko‘chadan o‘tganlar emas.
Hikvision, Dahua va boshqa IP kameralarni brauzerda jonli kuzating. AI odam va transportni aniqlaydi, zonaga kirish bo‘lsa Telegram’ga rasm yuboradi.
Karta talab qilinmaydi. Dastur o‘rnatish shart emas.




Viloyat, kategoriya va qurilma bo‘yicha guruhlangan kameralar, onlayn holati va AI aniqlashlari — hammasi bir ekranda.
Kichik do‘kondan filiallar tarmog‘igacha: AI kadrlarni siz uchun kuzatadi va faqat muhim paytda xabar beradi.
Odam 91%Zonada: 1 odamKadrda eshik, kassa yoki darvoza atrofini chizing. Faqat shu yerga kirgan odam yoki mashina sanaladi, ko‘chadan o‘tganlar emas.

🔔 Do‘kon kirishi
Odam: 1
🕒 22.10.2026 02:14:07
Zonada harakat bo‘lsa, ramkalangan kadr bir necha soniyada keladi. Jadval qo‘ying: masalan, faqat 22:00 dan 07:00 gacha.
Qaysi kun va soatda odam ko‘p bo‘lishini ko‘rasiz: hafta bo‘yicha issiqlik xaritasi, eng band vaqt va kameralar reytingi.
Yangi uskuna sotib olish shart emas. RTSP beradigan har qanday IP kamera yoki NVR ulanadi, mashhur brendlar uchun manzil shablonlari tayyor.






Kamerada hech narsani o‘zgartirmaysiz. Server oqimni o‘qiydi, tahlil qiladi va sizga ko‘rsatadi.
Sizning joyingizda. RTSP oqimi H.264 yoki H.265 da, ochiq port yoki DDNS orqali.
Kompyuter, planshet yoki telefonda dastur o‘rnatmasdan. Ogohlantirishlar rasm bilan Telegram’ga keladi.
AI yordamchiga o‘zbek tilida yozing. U statistikani hisoblaydi, hodisalarni topadi, kadrni tahlil qiladi va sozlamalarni o‘zi o‘zgartiradi.
Odatda 5 daqiqadan kam vaqt oladi.
Login va parol, 30 soniya. Sinov tarifi avtomatik yoqiladi.
Kamera yoki NVR ning RTSP manzilini kiriting — barcha kanallar o‘zi topiladi.
Obyektlar, zona va jadvalni tanlang. Hodisalar va statistika shu zahoti yig‘ila boshlaydi.
Kameralar soniga qarab tanlang. Istalgan vaqtda tarifni oshirish mumkin — qolgan kunlar yangi tarifga o‘tkaziladi.
7 kun bepul — tizimni o'z kamerangizda sinab ko'ring
Uy, do'kon va kichik ofis uchun
Ombor, filial va ishlab chiqarish uchun
Tarmoqlar va katta obyektlar uchun
Javob topmadingizmi? Sinov muddatida o‘z kamerangizda tekshirib ko‘ring — bu bepul.
RTSP oqimi bor har qanday IP kamera yoki NVR/DVR: Hikvision, Dahua, Uniview, XMeye, TVT, EZVIZ va boshqalar. Kamera internetdan ochiq bo‘lishi kerak — statik IP yoki DDNS va routerda RTSP port (odatda 554) yo‘naltirilgan bo‘lsin.
Yo‘q. Hammasi brauzerda — kompyuter, planshet va telefonda ishlaydi. H.265 kameralarni server avtomatik ravishda brauzer tushunadigan formatga o‘giradi.
Server AI yoqilgan kameradan muntazam kadr olib, neyron tarmoq bilan odam va transportni aniqlaydi. Zonaga kim kirsa — hodisa yoziladi va xohlasangiz Telegram’ga rasm bilan yuboriladi. “AI tahlil” tugmasi esa kadrni ko‘rish modeliga yuborib, vaziyatni so‘z bilan tushuntiradi.
Yo‘q. Tizim odamlarni aniqlaydi va sanaydi, lekin shaxsini aniqlamaydi — bu shaxsiy ma’lumotlar bilan bog‘liq alohida masala.
Tarifni tanlang — sayt Humo karta raqami va aniq summani ko‘rsatadi. O‘tkazma bir necha daqiqada avtomatik tasdiqlanadi va obuna darhol yoqiladi. 3, 6 yoki 12 oyga olsangiz chegirma bor.
Kameralaringiz, sozlamalaringiz va hodisalar tarixi saqlanib qoladi. Jonli efir va AI kuzatuv to‘lov qilinguncha to‘xtab turadi.
7 kunlik sinov: 2 ta kamera va AI aniqlash bilan. Karta kerak emas.